2008 YIL MUNAJIMLAR BASHORATI - 3 Августа 2008 - studiobek.my1.ru
Четверг, 24.07.2014, 05:49
Приветствую Вас Mehmon | RSS

MEHMON saytga hush kelibsiz.

Категории раздела
ZONA [3]
Мини-чат
200
Наш опрос
Оцените мой сайт
Hamma javoblar: 64
Статистика

Онлайн всего: 0
Гостей: 0
Пользователей: 0
Форма входа
Главная » 2008 » Август » 3 » 2008 YIL MUNAJIMLAR BASHORATI
22:25
2008 YIL MUNAJIMLAR BASHORATI
Har bir inson kelajakda o`zini nimalar kutib turganligi bilan qiziqadi. Astrologlar bu borada ularga yordam berishga harakat qilishadi. Quyida biz sizlarni kelasi yilda qanday omadlar-u, qanday qiyinchiliklar qarshi olayotganligi haqida aytib o`tamiz. Lekin, hammasi o`z qo`lingizda ekanligini unutmang!

QO`Y burji

Bu burj vakillarining ko`pchiligining faoliyatida kelasi yilda yuksalish kuzatiladi. Ishga amaliy yondoshishingiz talab etiladi. To`g`ri, qiladigan ishingiz hajmi ham oshadi. Lekin, sizning ajoyib yordamchilaringiz borligini esdan chiqarmasangiz bo`ldi. Bular: sog`lom turmush tarzi, parhez va to`g`ri tashkillashtirilgan kun tartibi.
Martgacha siz bu yildan qolgan ishlaringizni tugatishingiz kerak. Fevral va noyabr oylaridaga "ishdagi ishq" sizning hayotingizda kuzatilishi mumkin. Mart oyida sog`lig`ingizga e`tiborliroq bo`ling. Kayfiyatingizni tushib ketishiga yo`l qo`ymang. Aprelda yurak bilan bog`liq masalalar birinchi darajaga chiqadi. Bu hamma qo`y burji vakillari bilan bog`liq emas. Aprel-may oylarida uy ishlari bilan faol shug`ullaning. Shuningdek ko`chmas mulk sohasida ham yulduzingiz omad va`da qilmoqda. May oyida daromadingiz sezilarli darajada oshadi. May-iyun oylarida sportda g`alabaga erishishingiz mumkin. Shuning uchun ham faqatgina pul topishni o`ylamasdan, sport bilan ham shug`ullanib turing. Iyul-avgust oylari sog`lig`ingizga katta e`tibor qarating. Sentabrda esa muammolarni diplomatik yo`l bilan hal etishga harakat qiling. Noyabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab rejalashtirgan ishlaringizni tugatishga harakat qiling. Yana ular 2009-yilga qolib ketmasin!

BUZOQ burji
Sizga kelayotgan yil quyidagi sohalarda omad keltiradi: sayohatlar, bilim olish, huquqshunoslik, nashriyot ishi, xalqaro savdo. Siz bu yili shaxsiy muammolaringizni yechimiga ega bo`lasiz. Shuningdek umr yo`ldoshingizni ham uchratishingiz mumkin. Agar siz ijodiy yoki mehnat faoliyatiga ega bo`lsangiz bu yili ko`p muvaffaqiyat qozona olmaysiz. Oktabr-noyabr oylarida muammolarni tinch yo`l bilan diplomatik hal eting. Dekabr oyida biznesda va yo`llarda ehtiyotkorlik bilan harakat qiling.

EGIZAKLAR burji
Egizaklar burji ostida tug`ilgan tadbirkorlar uchun yulduzlari 2008-yilda omadni va`da qilishmoqda. Ko`pchilik bu yili ko`chmas mulk bilan bog`liq muammolariga nuqta qo`yishadi. Uzoq yillardan beri oxiriga yetkaza olmayotgan ishlaringiz ham bu yil tugallanishi mumkin.
Yanvar aloqalar uchun yaxshi oy. Yanvar-fevral oylarida 2007-yildan qolib ketgan ishlaringizni oxiriga albatta yetkazing. Ijodiy faoliyat bilan shug`ullanadigan egizaklar mart oyida birmuncha yengillik sezadi. Mart va aprel oyi chiqimlarga boy bo`lishi mumkin. May-iyun oylarida egizaklar axborot almashish, sayohat, turli kengashlarda alohida faollik ko`rsatishadi. Iyul-avgust oylarida asosiy kuchingizni uy ishlari uchun sarf eting. Sentabr oyi esa ijodiy faoliyat yuritish uchun qulay oy bo`ladi. Oktabr va noyabrda ishni bir zumga unutib, sog`lig`ingiz haqida o`ylang.

QISQICHBAQA burji

Bu burjning ko`p vakillari (Quyosh bo`yicha ayollar, Oy bo`yicha erkaklar, Assendent bo`yicha ikki jinsning ham ulushlari teng) bu yil o`z umr yo`ldoshini topishadi. O`zaro aloqalar uchun yanvar oyi va fevralning birinchi yarmi juda qulay. Bunday vaqt siz uchun bu yil juda ko`p bo`ladi. Masalan, martning ikkinchi yarmidan mayning oxirigacha, iyunning ikkinchi yarmidan iyulning boshigacha. Sentabrda sevgi qissasi birgalikdagi nikoh bilan tugallanishi mumkin. Oktabr va noyabrning birinchi yarmida sizni qo`rquv qamrab oladi. Noyabr yana o`zaro aloqalar uchun qulay vaqtdir.
Quyosh yulduzli qisqichbaqalar uchun yil bir qator rivojlanish va muvaffaqiyatlar olib keladi. Bu burj ostidagi yetakchilar mart-aprel oyida ko`p ter to`kishiga to`g`ri keladi. May-iyunda ko`p chiqim qilasiz. Avgust va sentabrda birinchi o`rindagi muammoingiz ko`chmas mulk bo`ladi.

ARSLON burji
Bu yil arslonlarga ko`p mehnat qilishiga to`g`ri keladi. Lekin mehnati samarasini kech his etishadi. Shunga qaramay sog`lig`ini mustahkamlash uchun juda qulay yil hisoblanadi.
Agar siz ijodiy faoliat bilan shug`ullanadigan bo`lsangiz siz bu yil tez va nisbatan oson ko`tarilasiz. Maygacha arslonlar o`z so`gliqlari to`g`risida qayg`urishlari kerak. Shuningdek ortingizda nima ishlar bo`layotganligi haqida ham bilib qo`ysangiz foydadan holi bo`lmas edi. May-iyun oylar sizning o`ylaringiz va rejalar tuzishingiz uchun qulay bo`ladi. Iyulning ikkinchi yarmi va avgustning boshlarida siz ko`pchilikning diqqat markazida bo`lasiz. Bu muhabbat romanini boshlashingizga olib kelishi ham mumkin. Iyul va avgust oyida asosiy e`tiboringizni moliyaviy tomoningizga qarating. Ko`p pul sarf etishingiz mumkin. Oktabr oyi va noyabrning birinchi yarmida ko`chmas mulk bilan bog`liq ishlaringiz foydaliroq bo`ladi.

PARIZOD burji
Siz uchun omadli yil keladi. Bir tomondan o`zingini baholab ham olasiz. 23-avgust 14-sentabr oralig`ida tug`ilganlar uchun yil ijtimoiy sohada yaxshigina imkoniyatlar olib keladi. Burjning qolgan vakillari esa 2007-yildan chala qolgan ishlarini tugallashlari zarur. Buning uchun kuchaytirilgan ish va yaxshi reja kerak bo`ladi. Yil yana bir jihatdan shijoatga boy bo`ladi. Ayniqsa ijod va sarguzashtga boy bo`lishi mumkin.
Muammolarni may-iyun oylariga olib qo`ying. Iyul va avgustda alohida faollik bilan ishlashingiz talab etiladi. Biroq, 8-10-iyul va avgustning boshlarida biroz ehtiyotkorlikni ham unutmang. Avgust va sentabrda esa muvaffaqiyatli haridlarni amalga oshirasiz. Noyabr boshlarida ishingizga nisbatan sergak bo`ling. Noyabrning ikkinchi yarmi shaxsiy ishlar bilan shug`ullanish uchun qulay fursat sanaladi. Yilning oxirida kuchingizni uyingiz uchun, ko`chmas mulk uchun sarf eting. Ba`zi hollarda siz mustaqillikka harakat qilasiz. Buning uchun kasbingiz, faoliyatingiz hatto yashash joyingizni o`zgartirishingiz ham mumkin. Homilador ayollar bu yil oilangizga e`tibor qarating. Optimistik ruhda yashang va ruhiy jihatdan turg`un bo`lishga harakat qiling.

TAROZI burji
Ko`chmas mulk, oilaviy muammolarni hal etish uchun juda qulay yil bo`ladi. Ijod bilan shug`ullanadiganlar esa yangi cho`qqilarni zabt etishi mumkin. Bir necha yillar avval qolib ketgan ishlaringizni davom ettiring va aynan ular sizga omad keltiradi. Sizda faol va "jangari" kayfiyat maygacha davom etadi. Aprelda shaxsiy ishingiz birinchi darajaga chiqib qolishi mumkin. Iyunning ikkinchi yarmida sog`lig`ingiz yoki ishxona bilan bog`liq muammo yuzaga kelish extimoli bor. Bu muammolar sizni avgustning oxirigacha bezovta qilishi mumkin. Nihoyat, sentabrda o`zingizga bo`lgan ishonch barcha muammolardan ustun keladi. Oktabr va noyabrning birinchi dekadasida moliyaviy masalalarni ham ko`rib chiqsangiz foydadan xoli bo`lmas edi. Noyabrning ikkinchi yarmidan yilning oxirigacha uy ishlari bilan shug`ullaning. Bu davrda romantik uchrashuvlar ham bo`lishi mumkin.

CHAYON burji

Ilm olish, aloqalar o`rnatish, uzoq davom etuvchi sayohat va hamkorlikdagi masalalarni yechish uchun qulay yil bo`ladi. Hatto bu yil oila qurishingiz ham mumkin. Ijodkorlarga ham omad kulib boqadi. Chegara orti bilan bog`liq yoki huquqiy masalalarda ham omadingiz keladi. May sizga quvonch hadya etadi. Iyunda faoliyatingizda muhim bo`lgan aloqalar o`rnatasiz. Iyunning ikkinchi dekadasi biroz noqulay kelishi mumkin. Avgustning uchunchi dekadasi va sentabrda sog`lig`ingizga e`tibor bering. Shuningdek moliyaviy tomondan ham muammolar bo`lishi mumkin. Oktabr va noyabrning birinchi yarmini faol o`tkazasiz. Noyabrning birinchi dekadasida xatolikka yo`l qo`yishingiz mumkin. Yilning oxirigacha moliyaviy muammolar birinchi o`ringa chiqadi. Shaxsiy hayotingizdagi muvaffaqiyatga noyabrning ikkinchi yarmida erishasiz. Ayollarning kayfiyati yuqori bo`ladi. Agar biror kasallik bilan og`risangiz tushkunlikka tushmang, u o`tib ketadi.

O`QOTAR burji

Sizga yulduzlaringiz yilni moliyaviy muvaffaqiyatlar bilan nishonlashingizni va`da qilishyapti. Siz bu masalada hatto o`z rekordingizni yangilashingiz ham mumkin. Siz bahorda ko`p tavakkal qilgan bo`lsangiz yoki qimmat haridlarni amalga oshirgan bo`lsangiz keyingi oylarda buni to`g`rilashning imkoni bo`ladi. May-iyun oylarida uzoq joylarga sayohat qilasiz. Iyul va avgustning boshlarida esa faoliyatingiz bilan bog`liq muammolarni hal eting. Sentabrda esa moliyaviy muammoga duch kelishingiz mumkin. Oktabr va noyabrning boshlarida sog`lig`ingizni o`ylang. Yil so`ngida ko`ngilsizliklar kutilmoqda.

Aloqalar uchun omadli yil. Ijtimoiy darajangiz ham oshadi. Shuningdek kayfiyatingiz a`lo bo`ladi. Ahvolingizni yaxshilab olishingiz mumkin. Hayotingizda yangi sahifa ochiladi. Ruhingiz ko`tarilib, yangi hamkorlar bilan tanishasiz. Yangi yilda puxta o`ylangan va ko`p yillik reja tuzib, amalga kiriting.
Yil boshidan mayning o`rtalarigacha o`zaro aloqalaringizni tiklang. May shaxsiy ishlar uchun yomon emas. Shuningdek bu ishlarni yozning o`rtasiga qoldirsangiz ham bo`laveradi. Sentabr faoliyatingizda yaxshigina o`ringa ega bo`ladi. Noyabrning yarmidan yilning so`ngigacha ishlardan biroz chetlashib, sog`lig`ingiz haqida ham o`ylang.

QOVG`A burji

Sizu uchun bu yil ruhiyatingizning o`sishi, ezoterika va sirli hodisalarga boy yil bo`ladi. Sizning daromadlaringizda ikki marta o`zgarish bo`ladi. Ko`chmas mulk va faoliyatingizda omad kelishi mumkin. Yuqori doira vakillari bilan do`stlashishingiz va diplomatik aloqalar yuritishingiz ham mumkin. Yil boshida sog`lig`ingiz yoki ishingiz bilan yuzaga kelgan muammoni tugallang. Shaxsiy ishlaringizni fevralning ikkinchi yarmi va martning boshlariga qoldiring. May-iyunda hamlorlaringizga bog`liq muammoga duch kelishingiz mumkin. Avgustning uchinchi dekadasigacha bu muammo o`z ta`sirini ko`rsatadi, ya`ni moliyaviy qiyinchilik kuzatiladi. Iyul oyi va avgustning boshida extiyotkor bo`ling. Sentabr etika nuqtai nazaridan qiyin bo`ladi. Sizni aldashlari mumkin. Noyabr oylarida ham sizni muammo qiynaydi. Nima bo`lganda ham o`zingizni qo`lga oling va faqat oldinga harakat qiling. Dekabr ham kutilmagan voqealarga to`lib-toshgan. Dekabrning ikkinchi dekadasida moliyaviy masalada extiyotkor bo`ling.

BALIQ burji

Bu yil siz uchun uzoq yillik foydali aloqalar yili bo`ladi deb bemalol aytishimiz mumkin. Burj vakillari aloqalarni to`xtatishi yoki yangi aloqalar o`rnatishi mumkin. Aloqalarni o`rnatishdan avval o`z resurslaringiz hajmini biling, tarafdorlaringiz va raqiblaringiz kuchini o`rganib chiqing. Bir narsani aytishimiz mumkin 2008-yil siz uchun 2009-yilga nisbatan ancha omadli keladi. May-iyunda sog`lig`ingiz haqida qayg`uring. Iyulning birinchi yarmida va avgustda o`zaro aloqalaringizda muammo yuzaga kelishi mumkin. 4-7, 15-18-avgust kunlari extiyotkorlik zarar qilmaydi. Avgustning ikkinchi yarmi va sentabrda biznesingiz omadli bo`ladi. Noyabr boshida aldanib qolishingiz mumkin. Dekabrning birinchi yarmi o`zgacha o`tadi, ayniqsa ijodkorlar uchun. 10-15-dekabrda esa extiyotkor va e`tiborli bo`ling. Kutilmaganda ish joyingiz, kasbingiz, turar joyingizni o`zgartirishingizga to`g`ri kelishi mumkin.

Прикрепления: Картинка 1
Просмотров: 3373 | Добавил: studiobek | Рейтинг: 3.9/7
Всего комментариев: 8
8 Каримов Шухрат   (29.09.2011 16:20)
Мани буржим кискичбака 2011 йил мани нима кутади

7 lutfillo   (11.06.2010 13:38)
tyfg rfuykyujkjh

6 lutfillo   (11.06.2010 13:37)
mening burjim quyon 2010yil meni nimalar kutayapti sad

5 Bahtiyor   (09.02.2010 21:38)
mani burjim chayon 2010yili mani nima kutadi

4 shaytoncha   (08.01.2010 09:10)
mani burjim arslon 2010yilyangliklari yomi

3 Admin   (04.05.2009 10:46)
Muha ni gaplariga 100% qo'shilaman, sizga ham hudi shu narsalani tiliman

2 muha   (08.12.2008 12:13)
man hammaga omat va baxt tiliman ichqachon xayotta sinmaglar va yiqilmanglar slarga bu so`zlarim Qanday tuyulishini bilmiman lekin Slarga omat Yurtimiz tinch osmonimiz musaffo bolsin Mani gapimga qoshilaslarmi man oyliman qoshilaslar ))

1 muha   (08.12.2008 12:12)
salom

Имя *:
Email:
Код *:
Поиск
Календарь
«  Август 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Copyright MyCorp © 2014
Сайт управляется системой uCoz